Wharton biznes maktabi tomonidan tayyorlangan eng qulay davlatlar reytingida Shvetsiya hayot sifati yuqoriligi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Reyting xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiy imkoniyatlar, davlat xizmatlari va ijtimoiy infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar asosida shakllantirilgan. Ushbu natijalar sayyohlik va global migratsiyada muhim ahamiyatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz