O‘zbekistonning Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omborida 212 brendining bir yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda off-road avtomobil egalari, avtomobil ixlosmandlari, blogerlar va soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida murabbiylar va ekspertlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi va mehmonlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar taqdim etildi.
ManbaKun.uz