AQShning 25 shtati Oq uyni sudga berdi. Da’vogarlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Oliy sud shu yilning fevralida bekor qilgan tariflarni endi boshqa huquqiy asoslar bilan joriy qilishga urinmoqda. Bojlar biznesni qaqshatib, iste’molchi huquqlarini buzmoqda, deydi sudga murojaat qilganlar. Ushbu sud ishlari AQShning iqtisodiy siyosatiga katta ta'sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Bu shikoyat orqali davlatlar o‘z huquqlarini himoya qilishga intilmoqda.
ManbaKun.uz