Braziliyaning janubi-g‘arbiy Amazoniya hududida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida qadimgi tsivilizatsiya haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ldi. Olimlar lazerli skanerlash texnologiyasidan foydalangan holda o‘rmonlar ostida yashirin minglab yer inshootlarini aniqladilar. Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu yerda ikki ming yil avval taxminan 3 million aholi yashagan bo‘lishi mumkin. Ushbu kashfiyotlar tarixfaning o‘rganilishidagi yangilik sifatida baholanmoqda. Braziliya o‘rmonlarida joylashgan bu qadimgi inshootlar, kelajakdagi arkeologik tadqiqotlar uchun muhim ma'lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
ManbaKun.uz