Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida fojeali avtohalokat sodir bo‘ldi. 40 yoshli bir ayol ertalab 21 nafar bolani xususiy bog‘chaga olib ketayotganda mashinasining boshqaruvini yo‘qotdi. Avtomobil yo‘l chetidagi beton ustunga borib urilgan. Ushbu YTH natijasida 8 nafar bola turli darajada jarohatlandi. Afsuski, jarohatlangan bolalardan biri 4 kun o‘tib vafot etdi. Ommaga ma'lum bo‘lmagan ushbu holat, bolalar xavfsizligi masalasini yana bir bor o‘rtaga tashladi.
ManbaKun.uz