Andijonning Eski shahar qismida kanalizatsiya uchun chuqur qazish fevral oyida boshlangan, ammo ishlar umuman tugallanmagan. Natijada, shu paytgacha bir necha kishi, jumladan, bir yosh bola va bir keksa erkak, chuqurga yiqilib, og‘ir jarohatlar olgani ma'lum bo‘ldi. Ular shifokorlar tomonidan davolanish xarajatlarini o‘z hisobidan to‘lashga majbur bo‘lishdi. Ishning to‘xtashi hokimlik tomonidan yetarli mablag‘ ajratilmasligi bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda. Buning oldidan, “Andijon polka”ni rekordlar qatoriga kiritish 730 million so‘mga tushgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat xavfsizlik qoidalarining buzilishi natijasida sodir bo‘layotgani achinarli.
ManbaKun.uz