AQSh Qurolli kuchlari Eron hududidagi harbiy nishonlarga qarshi 11-kecha ketma-ket aviahujumlar o‘tkazganini ma’lum qildi. CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, zarbalar Eronning harbiy qo‘mondonlik markazlari, dengiz kuchlari, aviatsiya infratuzilmasi, dronlar omborlari hamda logistika ob’yektlariga qaratilgan. Ularning maqsadi Eronning harbiy infratuzilmasini yo‘q qilishdir. Shu bilan birga, Eron tomoni ham Kuvayt va Bahrayndagi AQSh harbiy ob’yektlariga raketa va dronlar bilan hujum qilgani haqida xabarlar keldi. Taraflar o‘rtasida janjallar davom etmoqda va regional vaziyat yanada keskinlashishi mumkin.
ManbaKun.uz