Samarqand viloyatining Jomboy tumanida joylashgan Mingtepa arxeologik yodgorligida olib borilayotgan qazishmalar davomida VIII asrning birinchi yarmiga mansub bo‘lgan ehtimoliy hukmdorlar saroyi qoldiqlari aniqlandi. Mutaxassislar ushbu topilma ilk o‘rta asrlardagi shaharsozlik, me’morchilik va davlat boshqaruvi tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlamoqda. Ushbu kashfiyot O‘zbekistonning tarixiy merosini o‘rganishda yangi imkoniyatlar ochmoqda. Arxeologlar bu joyni yanada chuqurroq o‘rganishni rejalashtirmoqda.
ManbaKun.uz