O‘zbekiston Adliya vazirligi, mikromoliya tashkilotlari va bank faoliyatini o‘zgartirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Ushbu o‘zgarishlar, banklar va mikromoliya tashkilotlariga o‘z faoliyatlarini islomiy banking tamoyillari asosida olib borish imkonini beradi. Moliya sohasi xodimlari bu yondashuv muayyan o‘zgarishlarga olib kelishi va mamlakat moliya tizimini yanada diversifikatsiya qilishga yordam beradi, deb hisoblamoqda. Ushbu yangilik, moliyaviy xizmatlar bozorining islomiy segmentini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz