Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Oydin mahallasida paydo bo‘lgan piyodalar yo‘lagi aholi uchun muammolarga sabab bo‘lmoqda. Mahallada hovlilarning oldiga 30 santimetr balandlikda beton yotqizilgan. Natijada, yashovchilar o‘z avtomobillarini hovliga kiritishda qiyinchilikka duch kelishmoqda. Bu holat, piyoda kirib-chiqish uchun ham muammoli bo‘lib, aholi o‘z uylariga erkin kirish imkonidan mahrum qolmoqda. Mavjud vaziyat kelajakda aholi salomatligi va qulayligi uchun xavf tug‘dirishi mumkin, deb ta'kidlamoqdalar.
ManbaKun.uz