O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida tibbiyot xodimlarini tartibga solingan mehnat migratsiyasi asosida ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda. Buning doirasida Chexiyada ishlash istagidagi o‘zbekistonlik hamshiralar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. O„zbekiston hukumati bu jarayonga alohida e’tibor qaratmoqda. O‘zbek hamshiralarining Chexiya bozoriga kirishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.
ManbaKun.uz