Chilonzor tumani Ts mavzesida hujjatlarga ko‘ra avtoturargoh qurilishi rejalashtirilgan joyda ofis binosi qurgan. Bu haqda tadbirkor tuman hokimi bilan muloqot qilib, avtoturargoh qurish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligini ta'kidladi. Shuningdek, u sotuv bo‘limida odamlar uchun tekin avtoturargoh va'da berilganini va maklerlar ishlaganini xabar berdi. Tuman hokimi esa tadbirkorning yozuvlaridan norozi ekanligini bildirgan holda, “1-sinf bolasiga gapirgandek” gapirmaslikni talab qildi. “Meni chalg‘itmoqchi ekaningizni hamma tushunib turibdi”, dedi hokim.
ManbaKun.uz