Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Chirchiq daryosi o‘rtasida orolchada qolgan bir fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. Ushbu hodisa natijasida hech qanday jabrlanganlar qayd etilmagan. Qutqaruvchilar uchun har qanday noqulay sharoitlarda inson hayotini saqlab qolish vazifasi doimo birinchi o‘rinda turadi.
ManbaKun.uz