O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat aktivlarini sotib oladigan tadbirkorlar uchun avans to‘lovi miqdorini 30 foizdan 15 foizga kamaytirishni e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, qolgan summani foizsiz qilib to‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Yangi dasturning doirasida 100 trillion so‘mlik 1300 ta ko‘chmas mulk, 8 ming gektar yer maydoni va 66 ta korxonadagi davlat ulushlari savdoga chiqariladi. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
ManbaKun.uz