Dunyodagi metro bekatlarining aksariyati yer yuzasidan bir necha qavat pastda joylashgan. Biroq, ba'zi shaharlarda platformalarga yetib borish uchun yo‘lovchilar 100 metrdan ortiq chuqurlikka tushishlari kerak. Bunday bekatlar, asosan, geografik sharoit, murakkab relef va xavfsizlik talablari asosida qurilgan. Ular shaharlarda transport tizimining muhim qismi hisoblanadi, chunki chuqur joylashgan bekatlar joyni tejash va odamlar oqimini boshqarishga yordam beradi.
ManbaKun.uz