Davlat xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlari hamkorligida Namangan va Toshkent viloyatida tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar davomida qo‘shni davlatdan olib kelingan jami 11,7 kilogramm «gashish» musodara qilindi. Hozirda holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, va tergov harakatlari davom etmoqda. Boshqa ma'lumotlar keltirilmagan.
ManbaKun.uz