I yoki II guruh nogironligi belgilangan fuqarolarga nogironlik pensiyasi proaktiv tarzda tayinlanishi mumkin. Senat yalpi majlisida pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun muhokama qilindi. Unga ko'ra, fuqaroga I yoki II guruh nogironligi belgilangani munosabati bilan nogironlik pensiyasini fuqaroning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etilmoqda. Shuningdek, pensiya tayinlanganidan keyin kamida bir yil ish stajiga ega bo'lgan fuqaroning nogironlik pensiyasi har ikki yilda bir marta murojaat talab etilmagan holda avtomatik qayta hisoblab chiqiladi