O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev energetika infratuzilmasini rivojlantirish uchun kelgusi 10 yilda 8 milliard dollar mablag‘ kerakligini ma’lum qildi. U elektr va gaz tarmoqlarida yo‘qotishlar mavjudligini tanqid qilib, birinchi yarim yillikda elektr energiyasi yo‘qotishlari 17,2 foizni tashkil etganini ta’kidladi. Gaz tarmog‘ida esa bu ko‘rsatkich 7,6 foizga yetgani qayd etildi. Davlat rahbari sohalardagi muammolarni bartaraf etish va investitsiyalarni jalb etish zarurligini ham ta’kidlagan.
ManbaKun.uz