AQShning zarbalari Eronning sohilbo‘yi hududlarini mamlakat ichkarisi bilan bog‘laydigan logistika tarmoqlarini izdan chiqarishi ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lmokda. Ayrim tahlilchilar bu harakatlarni yaqin oylar ichida ehtimoliy quruqlikdagi operatsiyalar uchun tayyorgarlik deb talqin qilmoqdalar. Eron rasmiylari esa, urush keyingi bosqichga o‘tsa, mintaqadagi ayrim davlatlarga qiyin bo‘lishini bir necha bor ta’kidlagan. Ushbu vaziyat mintaqaviy xavflarni oshirishda ham rol o‘ynashi mumkin, chunki dolzarb vaziyat doimo o'zgarib turibdi. Shuningdek, Eronning harbiy aktivligi mintaqadagi boshqa davlatlar uchun bevosita tahdid tug‘dirishi mumkin.
ManbaKun.uz