Farg‘ona garnizoni hududida yangi o‘q otish sporti majmuasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu majmua nazariy o‘quv sinfi, o‘quv va yo‘riqchilar xonalari hamda 20 ta o‘q otish yo‘nalishiga ega zamonaviy tirdan iborat. Majmua bir vaqtning o‘zida 20 nafargacha sportchi va mashg‘ulot ishtirokchilarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Yangi sport inshootining ochilishi sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Bunday majmualarning ko‘payishi o‘q otish sportini rivojlantirishga xizmat qiladi.
ManbaKun.uz