Farg‘onada 31 iyuldan 1 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan YTH oqibatida YPX xodimi halok bo‘ldi. Guvohlarning ma’lum qilishicha, mas'uliyatli vazifasini bajarayotgan YPX xodimini mast holatdagi haydovchi Spark mashinasida urib ketgan. Bu voqea O‘zbekiston tumanida yuz berib, xodim og‘ir tan jarohati olib, vafot etgan. YHXX mazkur hodisani yashirayotganiga oid xabarlar tarqalmoqda. Hozirda hodisaning sabablari va batafsil tafsilotlari o‘rganilmoqda.
ManbaKun.uz