27-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mas’ullarga tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan mahallalardagi isitish tizimini elektrga o‘tkazish uchun qancha infratuzilma va qo‘shimcha elektr energiyasi talab etilishini hisob-kitob qilish topshirig‘i berildi. Bu o‘z navbatida, gaz yetkazib berish muammolari mavjud bo‘lgan hududlarda elektr energiyasi uchun imtiyozli tariflar joriy etish imkoniyatini ko‘rsatmoqda. Hukumat tomonidan bu masala ustida ishlar davom etmoqda va yaqin kelajakda aniq takliflar e'lon qilinishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz