Germaniya Federal razvedka xizmati - BND xorijdan kelayotgan tahdidlarga qarshi faol choralar ko‘rish imkonini beruvchi yangi vakolatlar olishni rejalashtirmoqda. Ushbu islohotlar doirasida, razvedka xizmati xorijdagi IT-infratuzilmalarni zararsizlantirish, kiberusulda ma’lumotlarga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, milliy mudofaa zarurati tug‘ilganda, BND chet elda diversiya operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu yangiliklar Germaniyaning xavfsizligini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
ManbaKun.uz