AQSh Senati Rossiya va Eronga qarshi yangi sanksiyalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini davom ettirishni ma’qulladi. Ushbu hujjat huquqshunos va senator Lindsi Grem tomonidan hammualliflik qilingan. Loyihada Rossiyadan import qilinadigan tovarlarga 500 foizlik boj joriy etish taklif etilgan. Shuningdek, Rossiyaning energetika mahsulotlarini sotib oladigan davlatlarga nisbatan yuqori tariflar qo‘llash imkoniyati ko‘zda tutilgan. Keng qamrovli sanksiyalar global iqtisodiyotga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
ManbaKun.uz