Yaqinda HAVAL brendi o‘zining yangi modeli HAVAL H7 ni tanishtirdi. Bu hodisa noodatiy tarzda, blogerlar va ambassadorlar orqali amalga oshirildi, ular avtomobilning xususiyatlarini bosqichma-bosqich ochib bergan ekspeditsiyada qatnashdilar. Endi esa HAVAL H7 ilk bora ADM Jizzakh zavodi konveyyeriga qo‘yilmoqda. Ushbu ishlab chiqarish jarayoni O‘zbekiston yo‘llarida ushbu avtomobilning paydo bo‘lishi yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Sanoqli haftalar ichida HAVAL H7 O‘zbekiston bozorida raqobatga kirishishi kutilmoqda.
ManbaKun.uz