O‘zbekistonda havo harakatiga xizmat ko‘rsatish sohasini xalqaro talablar asosida tartibga soluvchi yangi aviatsiya qoidalari tasdiqlandi. Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining buyrug‘i rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ushbu qoidalar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. Yangilanishlar mamlakatda havo harakatini yanada samarali va xavfsiz boshqarish maqsadida amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlar aviasozlik sohasida xalqaro standartlarga moslashuvni ta'minlaydi.
ManbaKun.uz