O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, ipotekaga olingan uyga boshqa shaxslarni ro‘yxatga qo‘yish jarayonida bankning ruxsati talab etilmaydi. Taqqiq qo‘yilgan turar joyga garovga oluvchining roziligisiz boshqa shaxslarni doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishga ruxsat berildi. Biroq, ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs mulkdor yoki garovga oluvchi tomonidan istalgan paytda propiskadan chiqarib yuborilishiga oldindan rozilik berishi kerak. Ushbu yangilik, ipoteka asosida uy sotib olgan fuqarolar uchun qulaylik yaratadi va turar joylarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin.
ManbaKun.uz