Jaloliddin Ahmadaliyev o‘zining samimiy taronalari bilan juda ko‘p tinglovchilar qalbini maftun etdi. U Kun.uzʼga bergan intervyusida san’atga kirib kelishi haqida so‘zlab berdi. "Gitaramiz simi uzilib ketsa ham qo‘shiq aytishga ishtiyoq bor edi. Hozir hamma sharoit bor, lekin o‘sha ishtiyoq yo‘q", - dedi xonanda. Shuningdek, u "oliy ma’lumotli oshiq" iborasi ortidagi haqiqatlar va shou-biznesning g‘irromliklari haqida ochiq gapirdi. Ahmadaliyevning mashhurlik bilan bog‘liq qiyinchiliklari va to‘y biznesidagi haqiqatlar ham e’tiborga molik.
ManbaKun.uz