Joriy yilgi jahon chempionati uchun Club Benefits Programme (CBP) dasturining umumiy mukofot jamg‘armasi 355 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ning 250 million dollari o‘yinchilari final bosqichida qatnashadigan klublar o‘rtasida taqsimlanadi. Qolgan 100 million dollar esa saralash uchrashuvlarida qatnashgan klublar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu yil jahon chempionatida klublarga beriladigan mukofot jamg‘armasi rekord darajada oshdi. Ushbu dastur klublarga o‘z o‘yinchilarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ taqdim etadi.
ManbaKun.uz