Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida fermer xo‘jaligi hududidagi sun’iy suv hovuzida halokat yuz berdi. Fojia natijasida 14, 16 va 17 yoshli qizlar, cho‘milayotgan paytlarida, cho‘kib ketishgan. Ushbu hovuz tomchilatib sug‘orish uchun qazilganligi ma'lum qilingan. Hozirda ushbu fojia holati bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Oila va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz.
ManbaKun.uz