Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllanayotgan yangi siyosiy muhitning mantiqiy davomi bo‘ldi. O‘zbekiston va Qirg‘izistonning ittifoqchi davlatlar maqomini olishi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Tahlilchilarga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon o‘rtasidagi muloqotning tobora faollashayotgani mintaqaviy hamkorlikning yangi formatini shakllantiryapti. Bu jarayon mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi.
ManbaKun.uz