24 iyulga o‘tar kechasi Gurjiston bo‘ylab keng ko‘lamli elektr uzilishi sodir bo‘ldi. Natijada mamlakatning qator shaharlari elektrsiz qoldi. Tan olinmagan Abxaziya hokimiyati esa butun hududdagi blekautning sababi sifatida Inguri GESdagi tizimli avariyani ko‘rsatdi. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, uzilish vaqtida aholi va obyektlar elektr energiyasiz qolishdi. Hozirda mamlakatda energiya ta’minoti tiklanish jarayonida. Gurjiston hukumati vaziyatni nazorat ostiga oldi.
ManbaKun.uz