Kia Sonet O‘zbekiston bozoriga chiqqanidan buyon ikki yil o‘tdi. Bugun u brendning eng muvaffaqiyatli avtomobillaridan biri sifatida tan olinmoqda va O‘zbekistonning chinakam xalq krossoveri deb atash mumkin. Hozirgi kunda 35 000 dan ortiq Kia Sonet avtomobillari mamlakat yo‘llarida harakatlanmoqda. Bu esa xaridorlar ishonchini sifat, ishonchlilik va avtomobildan foydalanish tajribasi asosida qozonilib kelayotganini ko‘rsatmoqda. Kia Sonetning muvaffaqiyati brendning O‘zbekistondagi noliyoti va zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish sohasidagi yutuqlarini aks ettiradi.
ManbaKun.uz