Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida 47 yoshli erkakda quturish kasalligi gumon qilinmoqda. U 10 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan va ertasiga vafot etgan. Ma'lum bo'lishicha, o'lishidan taxminan bir oy oldin, ushbu shaxs tulki bolasi tomonidan tirnangan. Hozirda vafot etish sababi aniqlanmoqda va tibbiy ekspertiza o'tkazilmoqda.
ManbaKun.uz