Lixtenshteyn davlat reyestriga o'tkazilgan keng ko‘lamli kiberhujum natijasida 31 ming nafar shaxsga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Davlat hukumatining ta’kidlashicha, hujum yuzasidan inqirozga qarshi shtab tuzildi. Hozirda hujum ortida kim turgani va uning asosiy maqsadi o‘rganilmoqda. Bu holat mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy muammo bo‘lib, mutasaddi idoralar muammoni bartaraf etish uchun tadbirlarni ko‘rishmoqda. Kiberhujumlarni oldini olish maqsadida yangi choralar ko‘rish talab etilmoqda.
ManbaKun.uz