Payshanba kuni Marokash tomondan kelgan migrantlar Seuta shahriga bostirib kirishdi. Ispaniya hukumati, ushbu voqea natijasida, Shimoliy Afrikadagi anklavga politsiyachilarga yordam sifatida armiya bo‘linmasini yuborgan. Muxolifatchilar, hukumatning migratsiya bo‘yicha «yumshoq» siyosati, noqonuniy muhojirlar oqimini ortishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Ushbu holat, Ispaniya va Marokash o'rtasidagi migratsiya masalasini yanada murakkablashtiryapti. Ispaniya hukumati, muntazam ravishda, migrant oqimlarini boshqarish bo‘yicha choralar ko‘rishga harakat qilmoqda.
ManbaKun.uz