O‘zbekiston Respublikasining Prezident qarori bilan nogironligi bo‘lgan abituriyentlarga kirish imtihonlarida qo‘shimcha vaqt berilishi belgilandi. Shuningdek, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni ta’lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ham ko‘zda tutiladi. Bu qaror, aqlan va jismonan nogiron bo‘lgan yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilgan. Yoshlarni ta’lim tizimiga qo‘shish o‘ta muhim ahamiyatga ega.
ManbaKun.uz