Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xorijga va xorijiy yetakchilarning O‘zbekistonga tashriflari (jami 52 ta tashrif) doirasida 213 mlrd dollarlik 1617 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Biroq, ushbu kelishuvlarning ijrosi ustidan nazorat sustligi kuzatilmoqda. Shu sababli, kelajakda “yo‘l xaritalari” Hisob palatasi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yuritilishi belgilandi. Bunda, Saida Mirziyoyeva iqtisodiy diplomatiya reviziyasi ustidan nazoratni o‘z zimmasiga oladi.
ManbaKun.uz