O‘rta Chirchiqdagi Qorasuv kanalining 9 km sohili obodonlashtiriladi. Ushbu loyiha 32 mlrd so‘m qiymatida bo‘lib, ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisida Tinchlik va Qorasuv mahallalari orasidagi 1,6 km qirg‘oq tartibga keltirildi. Ushbu hududda yo‘laklar, favvora, vorkaut, akvapark, tunnel va xizmat ko‘rsatish maskanlari qurildi. Bu loyiha aholining dam olish imkoniyatlarini kengaytiradi va turizmni rivojlantiradi.
ManbaKun.uz