O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport vazirlari “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi masalalari bilan tanishish maqsadida yig‘ilish o‘tkazmoqda. Yig‘ilishda vazirlar Qirg‘iziston hududida tunnellar, ko‘priklar va boshqa infratuzilma ob’yektlarini qurish masalalarini ko‘rib chiqmoqda. Ular, shuningdek, ishlarni bajarish sur’atlarini va kelgusidagi vazifalarni muhokama qilishmoqda. Bu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Temiryo‘l qurilishi O‘zbekistonning transport infratuzilmasini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
ManbaKun.uz