O'zbekistonda 10–16-avgust kunlari qishloq xo‘jaligi uchun yuqori harorat va quruq ob-havo sharoiti hukm suradi. Ba'zi hududlarda havo harorati +41…+43 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti. Bunday issiq tuproqdagi namlikning tez kamayishi, sug‘orishga bo‘lgan talabning ortishi va ekinlar uchun fiziologik stressning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, fermerlar va dehqonlarga ushbu holatni inobatga olish tavsiya etiladi. Ekinlar va tuproq holatini saqlash uchun zarur choralar ko‘rish lozim.
ManbaKun.uz