📅 9 avgustdan boshlab tijorat banklari yirik summadagi operatsiyalarni amalga oshirishda mijozlarni yanada sinchkovlik bilan tekshiradi. Shuningdek, banklar pul o'tkazmasini amalga oshirayotgan va qabul qilayotgan shaxslar haqida ko'proq malumot taqdim etishi kerak bo'ladi. 💰 Agar pul o'tkazmasi 10,3 mln so'm (25 BHM) yoki undan ko'p bo'lsa, to'lov malumotlarida pul jo'natuvchi va qabul qiluvchi haqidagi malumotlar ko'rsatilishi shart. 🔎 Qo'shimcha nazorat choralari: Bank hisobvarag'i ochmasdan yoki undan foydalanmasdan amalga oshiriladigan 175 mln so'mdan yuqori operatsiyalar; Boshqa bank kartasi orqali 206 mln so'm (500 BHM) yoki undan yuqori miqdorda naqd xorijiy valyuta olish operatsiyalari. ⚠️ Muhim: 10,3 mln so'mdan yuqori pul o'tkazish taqiqlanmagan. Gap faqat yirik operatsiyalar bo'yicha qo'shimcha malumot talab qilinishi va bank nazorati kuchaytirilishi haqida ketmoqda.