O‘zbеkistonda kuzatilayotgan anomal issiq natijasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi muhokama qilinmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddi xodimlari iqlim sharoitining salbiy ta’sirini inobatga olib, bunday choralar ko‘rish zarurligini ta’kidlamoqda. Bog‘chalar yopilishi bilan birga, ota-onalar uchun vaqtinchalik yechimlar qidirilmoqda.
ManbaKun.uz