O‘zbekiston Respublikasida «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonun rasman qabul qilindi. Ushbu hujjat avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Yangi qonun yo‘l infratuzilmasini boshqarish va sohadagi vakolatlarni aniq belgilashga xizmat qiladi. Qonunda shuningdek, yo‘l infratuzilmasining sifatini oshirishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu yangilik mamlakat ichki transport tizimining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
ManbaKun.uz