O‘zbekistonda 9-avgustdan boshlab banklardan pasport yoki boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmasdan 500 dollargacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini xarid qilish mumkin. Avval shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz bankdan faqatgina 100 dollar sotib olish mumkin edi. Bu yangilik, fuqarolarning naqd valyuta xarid qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi. Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ijobiy o‘zgarish sifatida baholanishi mumkin. Tez orada banklar va mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada qulayroq va soddaroq bo‘ladi.
ManbaKun.uz