AQShning Best Western xalqaro mehmonxona brendi O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyorlanmoqda. Khan International Investment Consortium O‘zbekistondagi yirik mehmonxonalar bilan hamkorlik qilib, Toshkent viloyati va Zominda investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu reja mehmonxona sektorini rivojlantirish va turizmni yanada kengaytirishga qaratilgan. Yangi brendning O‘zbekistonga kirishi xalqaro standartlar asosida xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga yordam beradi.
ManbaKun.uz