Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, O‘zbekistonlik tibbiyot sohasi mutaxassislarini Chexiyada ishlashga tayyorlash dasturi ishga tushirilmoqda. Ushbu dastur doirasida shifokorlar davlat hamda xususiy klinikalarga ishga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda ikki mamlakat vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida aniqlik kiritilgan. O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi bu hamkorlik tibbiyot sohasida yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Dasturdan umid qilinayotgani shundaki, O‘zbekistonlik shifokorlar chet elda o‘z bilim va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ManbaKun.uz