Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida 21-22 avgust kunlari an’anaviy “Uzum sayli” festivali bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbirda mamlakatning barcha hududlaridan fermerlar, enoturizm sohasi tadbirkorlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etishi kutilmoqda. Festivalning maqsadi uzum yetishtirish va enoturizmini rivojlantirishdir. Tashkilotchilar tadbirda qiziqarli dasturlar hamda ko‘rgazmalarni tayyorlamoqdalar. Barcha qiziquvchilarni ushbu festivalga taklif etamiz!
ManbaKun.uz