O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2030 yilgacha 1,5 ming nafar yuqori salohiyatli mutaxassisdan iborat milliy rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishni topshirdi. Ushbu rahbarlar sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida saralanadi. Kadrlar maxsus dasturlar orqali tayyorlanishi ko’zda tutilmoqda. Bu tashabbus, O’zbekistonning boshqaruv tizimini yanada zamonaviylashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. İstiqbolli boshqaruvchilarni tayyorlash orqali, mamlakat iqtisodiyoti va rivojlanishini yanada mustahkamlash rejalashtirilmoqda.
ManbaKun.uz