O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kelajak texnologiyalari markazining qurilishiga start berdi. Bu markaz ta’lim, ilmiy tadqiqot, texnologik sinov va ishlab chiqarish jarayonlarini birlashtiradigan yagona innovatsion ekotizim bo‘ladi. Markazda kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar va kriptografiya yo‘nalishlarida 6 ta laboratoriya tashkil etilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashabbus, mamlakatda texnologik rivojlanishni yanada kuchaytirishga qaratilgan.
ManbaKun.uz